Etika normalarining buzilishi va qoidabuzarlik haqida xabar berish tizimi
OTP Bank guruhi o'z faoliyatini qonuniy, adolatli va axloqiy xulq-atvor va talablar asosidahamdabuqoidalarga rioya qilmaslik holatlarini aniqlash va tegishli choralarni ko'rish asosida amalga oshiradi.
Yevropa Parlamenti va Kengashining 2019-yil 23-oktabrdagi 2019/1937-sonli Ittifoq qonunchiligi va unga rioya etilishini taʼminlovchi qonun hujjatlari buzilganligi toʻgʻrisida xabar bergan shaxslarni himoya qilish toʻgʻrisidagi direktivasiga (Yevropa Ittifoqi) asoslangan va unga rioya qilish maqsadida OTP guruhiningichki hisobot kanali faoliyat yuritadi.
Qoidabuzarliklar to'g'risida xabar berishdan maqsad ma'lumot beruvchilarga (murojaatqiluvchilarga) qonun va OTP guruhining Odob-axloq kodeksi (keyingi o'rinlarda birgalikda "Kodeks" deb yuritiladi) buzilganligi haqida xabar berish imkoniyatini berish va bunday buzilishlar to'g'risida xabar berishni rag'batlantirish va osonlashtirishdir. Whistleblowing tizimi OTP Bank Plc Komplaens direksiyasi va tegishli davlatlardagi sho’balarning Komplaens departamenti tomonidan boshqariladi.
Qoidabuzarliklar haqidagi qabul qilingan barcha xabarlar OTP guruhining tegishli Komplaens bo’linmasi tomonidan xolis va obyektiv ko’rib chiqiladi.
OTP Bank guruhi sho’balari yoki uning xodimlari faoliyati bilan bog'liq murojaatlarni nafaqat hududiy Komplaens bo’linmasiga, balki OTP Bank Plc (bosh ofis) Komplaens direksiyasiga ham guruh darajasidagi murojaat turini tanlash orqali (Qoidabuzarliklar haqida xabar berish (Qoidabuzarliklar haqida xabar berish shakli, I band) guruh doirasidagi murojaat taqdim etish mumkin.
OTP Bankning Komplaens direksiyasi yoki OTP Bankning boshqa vakolatli bo'linmasi hisobot (murojaat) olingan kundan boshlab ko'pi bilan o'ttiz kun ichida hisobotni tekshiradi, qoidalarning buzilishi yoki buzilish sodir bo'lganligini aniqlaydi va masalani hal qilish uchun zarur choralarni ko'radi. Tekshiruvning davomiyligi eng ko’pi bilan 3 oy bo'lishi mumkin.
OTP Bank Plc yoki Qoidabuzarlik holatlarini tekshirayotgan bank sho'basi murojaatchiga Qoidabuzarlik holatini tekshirish va uning natijalari to'g'risida yoki Qoidabuzarlik holatini tekshirish rad etilgani qarori va bunday qarorning sabablari to'g'risida yozma ravishda xabardor qiladi.
OTP guruhi Qoidabuzarlik holati fakti va mazmuni maxfiyligini saqlaydi, murojaatchining shaxsiy ma'lumotlari uning roziligisiz oshkor etilmaydi va hech kim Qoidabuzarlik holati yoki etika qoidlarining buzilishi haqida vijdonan xabar bergani uchun ta’qib qilinmaydi.
Murojaatchi (anonim) - agar iloji bo'lsa - agar u taqdim etgan ma'lumotlar uning murojaatini tekshirish uchun yetarli bo'lmasa/tegishli bo'lmasa yoki ma'lumotlar tekshiruvni boshlash yoki samarali olib borish uchun zarur bo'lgan taqdirda yoki boshqa sabablarga ko'ra ma’lumotlarni olish mumkin emas deb hisoblansa, tekshiruv natijasiz tugatilishi mumkinligidan xabardor qilinadi.
To’g’ri niyat bilan murojaat qilinishi muhim. Shuni inobatga olish lozimki, agar noto'g'ri ma'lumot yomon niyat bilan tarqatganligi aniqlansa va jinoiy huquqbuzarlik yoki qoidabuzarlik sodir etilganligi haqida alomatlar mavjud bo'lsa, shaxsiy ma'lumotlar holatni o’rganish vakolatiga ega bo'lgan organ yoki shaxsga oshkor qilinishi kerak; yoki boshqa shaxsga noqonuniy zarar yoki boshqa yuridik zarar yetkazgan deb hisoblash uchun asosli asoslar mavjud boʻlsa, sizning shaxsiy maʼlumotlaringiz ish yuritishni boshlash yoki yuritish huquqiga ega boʻlgan organ yoki shaxsning iltimosiga binoan oshkor etilishi mumkin.
Shuni yodda tutish lozimki, quyidagi shakl faqat etika va qoidabuzarlik holatlari haqida xabar berish uchun mo‘ljallangan. Agar siz mahsulot/xizmat haqida shikoyat qilmoqchi bo'lsangiz, iltimos, shikoyatlarni ko'rib chiqish/mijozlarga xizmat ko'rsatish menyusi ostidagi aloqa ma'lumotlaridan biridan foydalanib, OTPning tegishli sho'ba korxonasining veb-saytidagi xodimlarimiz bilan bog'laning.